Axborot xabari

Rasmiy xabar
2025-07-03 20:13:59 Axborot xabari
 
                          Axborot xabari

Ijtimoiy tarmoqlarda “UzAuto Motors” AJ rahbariyatiga yo‘llangan anonim murojaat e’lon qilindi, unda 2-sonli press tsexining boshlig‘i Shokirov Jamoliddin Maxmudovichning xatti-harakatlaridan norozilik bildirilgan.

Ma’lum qilamizki, murojaatda keltirilgan ma’lumotlar qonunchilik talablariga rioya qilgan holda belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi. Aniqlanishicha, J. Shokirov 2025-yil 21-may kuni 2-sonli press tsexi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlash vaqtida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan platformada texnik nosozlik yuzaga kelganligi sababli tegishli holatni aniqlash imkoni bo‘lmagan.

Shu bilan birga, xodimlar tomonidan har yili taqdim etiladigan deklaratsiyalarni tahlil qilish natijasida ushbu holat aniqlanib, tegishli qaror qabul qilish uchun Odob-axloq komissiyaga yuborildi. Ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish maqsadida J. Shokirovning qarindoshini boshqa lavozimga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ushbu xodim hozirda mehnat ta’tilida bo‘lganligi sababli, qaror uning ishga qaytishidan so‘ng, mehnat qonunchiligining barcha normalariga to‘liq rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

“UzAuto Motors” AJ kadrlar masalasida ochiqlik, xolislik va axloqiy me’yorlarga rioya qilish prinsiplariga sodiqligini tasdiqlaydi.