Yarimoʼtkazgichlar
Intel bosh direktori Pat Gelsinger yarimo‘tkazgich tanqisligi 2023 yilgacha davom etishi mumkin deb hisoblaydi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar berdi.
Gelsingerning so‘zlariga ko‘ra, yarimo‘tkazgichlar tanqisligi shu yil oxirida pasayishni boshlaydi. TSMC va Intel ba’zi zavodlarning qurilishi uchun bir necha yillar ketishi mumkinligiga qaramay o‘z ishlab chiqarish kuchini ko‘paytirmoqda.
Yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi ba’zi gadjetlar narxlarining ko‘tarilishiga olib keldi. Asosiy tarkibiy qismning yo‘qligi ishlab chiqarishni to‘xtatishga olib kelganligi sababli, yirik avtomobilsozlik sanoatlari, ayniqsa, qattiq aziyat chekishdi.
«UzAuto Motors» AJ yuqorida keltirilgan muammolar yuzaga kelmasligi uchun jahon avtomobilsozlik sanoatining tajribasini kuzatib, ishlab chiqarishni reja bo‘yicha amalga oshirmoqda.