Yangiliklar

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda hamkorlikka da’vat
2021-05-27 07:03:10 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Shu yilning 26-may kuni «O‘zavtosanoat» AJ qoshidagi «Cooperation lab» tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish markazi hamda «UzAuto Motors» AJ o‘quv-ishlab chiqarish injiniring markazi tomonidan «Investorlar va tadbirkorlar uchun avtomobil import qismlarini mahalliylashtirish» bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarni «O‘zavtosanoat” AJ Ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha boshqaruv raisining o‘rinbosari Farxod To‘rayev kirish so‘zida qisqacha markaz faoliyati haqida ma’lumot berdi: 

— Markazimiz ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar o‘rtasida aloqalarni yaratish bilan cheklanib qolmay, innovatsion loyihalarni “g‘oyadan to rastagacha” intellektual tomondan qo‘llab quvvatlaydi. Oliy maqsadimiz O‘zbekistonda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishdir. Shuningdek, mahalliylashtirishni ko‘paytirish uchun tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, bundan tashqari ishlab turgan korxonalarni chuqur tahlil qilib, salohiyatini yanada oshirishga ko‘maklashishdan iborat. 

 

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad, hozirgi kunda import bo‘lib kelayotgan butlovchi qismlarni mahalliylashtirish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish va uni sohalararo hamkorlik darajasiga olib chiqish.

Xususan, sohaga qiziqishi bor investor va tadbirkorlar qanday qilib «UzAuto Motors» ta’minotchisi bo‘la olishi hamda istiqboldagi rejalarni kelishib olish uchun tashkil etildi. 

Tadbir doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar jumladan, alyumin disklar, rul chambaraklari, prujina va stabilizator bar, old oyna tozalagichlar va oyna ko‘targichlar, rezina qistirgichlar ishlab chiqarish kabilar haqida ma’lumot berildi. 

Anjuman yakuni ishtirokchilar tomonidan bildirilgan takliflar orqali bahs munozaralarga boy bo‘ldi.

Mahalliylashtirish uchun detallar ro‘yxatini www.cl.uzavtosanoat.uz veb-sayti orqali bilib olishingiz mumkin. 

«Cooperation lab» tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish markazi barcha mahalliy tadbirkorlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda hamkorlikka taklif etadi.