Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ: Kadrlar salohiyati va malakasini oshirish bizning ustuvor vazifamiz
2023-10-12 03:55:58 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Kadrlar boshqaruvi  islohotlaridagi yangi qadam

UzAuto Motors Asaka avtozavodida “O`zavtosanoat” AJ tizim korxonalarining kadrlar bilan ishlash boshqarma rahbarlari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.

 

So‘nggi yillarda mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan yangi yo‘nalishdagi islohotlar, ayniqsa, ishlab chiqarish sanoatida kadrlar tayyorlash, sohaga malakali mutaxassislarni keng jalb etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu islohotlar zamirida avtomobilsozlik korxonalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar yangicha fikrlashi, innovatsion yondashuv hamda muntazam ravishda o‘z bilim, malaka va ko‘nikmalarini oshirib borishlarida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Xususan, bir necha kun avval, “O‘zavtosanoat” AJ tizim korxonalarida “UzAuto Motors” AJ HR tizimini tadbiq etish, yagona avtomatlashtirilgan dastur asosida ishlash, ishga qabul qilish tizimini takomillashtirish, xodimlarni tanlash, yuqori salohiyatli xodimlarni rivojlantirish hamda tizim korxonalarida ushbu yo‘nalishlarni tadbiq etish bo‘yicha tizim korxonalarining kadrlar bilan ishlash boshqarmasi rahbarlari uchun seminar o‘tkazildi.

 

Tadbir “UzAuto Motors” AJ avtozavodi hududida bo’lib o'tdi. Unda tizimda mavjud kadrlardan yanada oqilona va samarali foydalanish, kompetentli, yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish orqali jamiyatimiz kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish tizimini yanada takomillashtirish, amaldagi mehnat qonunchiligi, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, so‘nggi yillarda respublikamiz va jamiyatimiz miqyosida mehnat munosabatlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun va mohiyatini xodimlar bilan ishlovchi mutasaddilarga yanada chuqurroq singdirish bo‘yicha muhim vazifalar tahlil etildi.

 

Uchrashuv qizg‘in bahs-munozaralarga boy, interfaol usulda o‘tkazildi. Tadbir doirasida mehmonlar uchun “UzAuto Akademiyasi” hududi bo‘ylab ekskursiya ham tashkil etilib, uning faoliyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazilib, unda amalga oshirilgan ishlar, yangi maxsus loyihalar bilan yaqindan tanishtirildi.