Yangiliklar

Klassik Aston Martin DB6 narxi 1 million dollardan ortiq elektromobilga aylantirildi
2021-11-09 04:15:05 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Oktabr oyida Toshkent katta ekranlarida bondian 25-qismining prokatiga start berilgandi. 

Ushbu lenta franchayzalar doirasida Daniel Kreyg ishtirokidagi so’nggi loyiha bo’ldi. 

Agent 007ining ko’pgina filmlardagi “Doimiy hamrohi” sifatida Aston Martin konsernining avtomobillari bo'lgan. Britaniyaning Lunaz kompaniyasi o‘zining klassik avtomobillarni elektromobilga aylantirishga ixtisoslashgan yangi loyihasini taqdim etdi.

Aston Martin DB6 kupesi ekologik toza elektr stansiyasini oldi. Elektromobil faqat orqa bamper ostida egzoz trubasining yo'qligi bilan farq qiladi. Standart lyuk ostida yoqilg’i baki o'rniga zaryadlovchi ulagich mavjud.

286 ot kuchi quvvatini beradigan olti silindrli dvigatel 4.0  380 ot kuchiga ega elektr motor bilan almashtirildi. Mijoz 410 kilometrgacha bo'lgan maksimal avtonomiyani bera oladigan 80 dan 120 kVt/soatgacha akkumulyatorni tanlay oladi.

Shu bilan birga, mutaxassislar agar avtomobil egasi uni to’satdan asl ko'rinishiga qaytarishni xohlasa, benzinli dvigatelga e'tibor berishadi.

Kupega qo’shimcha zamonaviy standartlarga javob beradigan tormoz va rul boshqaruvi o’rnatildi. 

Kompaniya kundalik foydalanish va sayohat qilish uchun mukammal avtomobil ekanligini ta'kidlaydi. Salonda Wi-Fi bilan navigatsiyaga ega media tizim o’rnatilgan.

Buyurtma qilingan birinchi avtomobillarni mijozlarga yetkazib berish 2023-yilda boshlanadi. Shuningdek, Lunaz dasturini tez orada Aston Martin DB4 va DB5 to’ldiradi.