Yangiliklar

Rustam Rajabov Commercial Vehicles Management kompaniyasining bosh direktori etib tayinlandi
2021-08-24 07:25:59 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Rustam Baxtiyarovich Rajabov joriy yilning 23 avgustidan yangi lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan "UzAuto Motors" AJ bosh direktorligi lavozimidan ozod etilib, "O'zavtosanoat" tarkibidagi tijorat uskunalari tuzilmalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni boshqaruvchi kompaniya Commercial Vehicles Managementning direktori etib tayinlandi. 

Rustam Rajabovning avtomobilsozlik sanoatidagi 20 yildan ortiq tajribasi va 2016- yildan beri “UzAuto Motors” rahbari sifatida sanoatning rivojlanishiga qo'shgan ulkan hissasi uni eng kuchli ishlab chiqarish rahbarlari qatoriga qo'shish imkonini beradi.

2018-yildan buyon uning rahbarligida “UzAuto Motors” zarar ko'rgan korxonadan barqaror daromad keltiradigan biznesga aylanib keng ko'lamli transformatsiya jarayonini amalga oshirmoqda. Ushbu davr mobaynida mahsulot tannarxini pasaytirish, mahalliylashtirishni oshirish va kompaniyaning eksport dasturini kengaytirishda muhim ko’rsatkichlarga erishildi. 

Bularning barchasiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va optimallashtirishning keng dasturi tufayli erishildi. Jumladan, “UzAuto Motors” zavodlarida yengil avtomobillar ishlab chiqarishda Kaizen texnologiyasi hamda biznes jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi SAP joriy etildi. Bundan tashqari, Chevrolet avtomobillarining yangi modellarini ishlab chiqish uchun yagona platforma joriy etildi, shu bilan birga ishlab chiqarilgan avtomobillar qatori kengaytirildi.

2020 yilgi pandemiyaga qaramay, “UzAuto Motors” yillik 281 mingta avtomobil ishlab chiqarish bilan o'sishni ko'rsatdi va O'zbekistondagi eng yirik soliq to'lovchilar o'nligiga kirdi.

Rustam Rajabov mehnati bilan “UzAuto Motors” mahsulotlari Qozog'iston bozorlarida bir yildan ko'proq vaqt mobaynida, keng tanlov bo’lishiga qaramay, yangi avtomobil sotish reytingida birinchi o'rinni egallab, doimiy yetakchiga aylandi.

Muammolarni hal qilishdagi noan'anaviy yondashuvi hamda oldingi faoliyatidagi yuqori natijalar Rustam Rajabovning Commercial Vehicles Managementda ham bundanda yuqori ko'rsatkichlarga erishishga ishonch beradi.

"UzAuto Commercial Vehicles Management" MChJ boshqaruv kompaniyasi bo'lib, tijorat transport vositalari (yuk mashinalari, tirkamalar va yarim tirkamalar, avtobuslar va boshqa transport vositalari) ishlab chiqaradigan korxonalarga, shuningdek, zamonaviy qishloq xo'jaligi texnikasi (ekin traktorlari, paxta terish mashinalari, g'alla va em -xashak yig'ish mashinalari, tirkamalar, kultivatorlar va boshqalar)ni ishlab chiqaradigan korxonalar uchun umumiy boshqaruvni amalga oshiradi. Kompaniyaning quyi tuzilmasiga "SamAuto", "JizzakhAuto", "UzAuto Trailer", "UzTruck & Bus" va boshqalar kiradi.