Yangiliklar
Kontraktatsiya ochilgan vaqtdan boshlab, 14:00 holatiga ko‘ra, UzAutoSavdo platformasidan foydalangan holda jami 20 264 ta shartnomalar muvaffaqiyatli tuzildi.
Kontraktatsiya vaqtida UzAutoSavdo platformasiga taxminan 21,2 mingta kiberhujum yo‘naltirildi va qaytarildi. Platforma faoliyatida uzilishlar kuzatilmadi.
Kontraktatsiya jarayoni davomida kompaniyaning Call-markazi orqali 1058 nafar mijoz murojaati qabul qilinib, ko‘rib chiqildi.
UzAuto Motors avtomobillar kontraktatsiyasi bo‘yicha barcha rasmiy ma’lumotlar kompaniyaning veb-saytida taqdim etilishi hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali yoritilishini eslatib oʻtadi.
Yangiliklar
Kontraktatsiya ochilgan vaqtdan boshlab, soat 11:00 holatiga ko‘ra, uzavtosavdo.uz onlayn platformasidan foydalangan holda jami 53 911 dan ortiq shartnomalar muvaffaqiyatli rasmiylashtirildi.
UzAutoSavdo onlayn-savdo tizimi 30 ta kiberhujumga uchragan. Umuman olganda, tizimda ushbu vaqt oralig‘ida 165 mingdan ortiq faol seanslar va soniyasida 1 180 dan ortiq yangi seanslar qayd etildi.
Ushbu davr mobaynida kompaniyaning Call-markazi tomonidan 584 ta murojaatlar qabul qilinib, ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, onlayn tarzda tuzilgan shartnomalarda maxsus QR-kod mavjud bo‘lishiga etiboringizni qaratamiz, u shartnomaning haqiqiyligini tasdiqlaydi. Bunday QR-kod ega bo‘lmagan shartnomalarga “UzAuto Motors” AJ va Chevrolet rasmiy dilerlari aloqador emas. Mijozlardan diqqatli bo‘lishlarini va shartnoma tuzishda doimo ushbu QR-kod mavjudligini tekshirishlarini so‘raymiz.
UzAuto Motors avtomobillar kontraktatsiyasi bo‘yicha barcha rasmiy ma’lumotlar kompaniyaning veb-saytida taqdim etilishi hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali yoritilishini eslatib oʻtadi.