Yangiliklar

Rasmiy xabar
03/11/2025 11:59 363 Yangiliklar
Rasmiy xabar

Kontraktatsiya ochilgan vaqtdan boshlab, soat 11:45 holatiga ko‘ra, uzavtosavdo.uz onlayn platformasidan foydalangan holda jami 88 264 dan ortiq shartnomalar muvaffaqiyatli rasmiylashtirildi.

UzAutoSavdo onlayn-savdo tizimi 522 ta kiberhujumga uchragan. Umuman olganda, tizimda ushbu vaqt oralig‘ida 230 mingdan ortiq faol seanslar va soniyasida 825 dan ortiq yangi seanslar qayd etildi.

Ushbu davr mobaynida kompaniyaning Call-markazi tomonidan 797 murojaatlar qabul qilindi.

Shuningdek, onlayn tarzda tuzilgan shartnomalarda maxsus QR-kod  mavjud bo‘lishiga etiboringizni qaratamiz, u shartnomaning haqiqiyligini tasdiqlaydi. Bunday QR-kod ega bo‘lmagan shartnomalarga “UzAuto Motors” AJ va Chevrolet rasmiy dilerlari aloqador emas. Mijozlardan diqqatli bo‘lishlarini va shartnoma tuzishda doimo ushbu QR-kod mavjudligini tekshirishlarini so‘raymiz.

UzAuto Motors avtomobillar kontraktatsiyasi bo‘yicha barcha rasmiy ma’lumotlar kompaniyaning veb-saytida taqdim etilishi hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali yoritilishini eslatib oʻtadi.