Yangiliklar
Kontraktatsiya ochilgan vaqtdan boshlab, 17:00 holatiga ko‘ra, UzAutoSavdo platformasidan foydalangan holda jami 31 097 ta shartnomalar muvaffaqiyatli tuzildi.
O'tgan vaqt mobaynida UzAutoSavdo platformasiga taxminan 22,7 mingta kiberhujum yo‘naltirildi. Mazkur kiberhujumlar qaytarildi. Platforma faoliyatida uzilishlar kuzatilmadi.
Kontraktatsiya jarayoni davomida kompaniyaning Call-markazi orqali 1 635 nafar mijoz murojaati qabul qilinib, ko‘rib chiqildi.
UzAuto Motors avtomobillar kontraktatsiyasi bo‘yicha barcha rasmiy ma’lumotlar kompaniyaning veb-saytida taqdim etilishi hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritilishini eslatib oʻtadi.