Yangiliklar

Kostanayning “СарыаркаАвтоПром” zavodida yangi Chevrolet Tracker krossoverlarining birinchi partiyasi ishlab chiqarildi
2021-08-26 05:02:59 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

 

Kostanayning “СарыаркаАвтоПром” zavodida yangi Chevrolet Tracker krossoverlarining birinchi partiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar beradi. 

Uzoq kutilgan krossover o’zida Qozog'iston iste'molchilari uchun eng muhim bo’lgan xususiyatlar: zamonaviy dizayn, xavfsizlik, qulaylik, balandlik, samaradorlik va tejamkorlikni birlashtiradi.

Krossoverning asosiy afzalliklaridan biri, uning texnologik jihati bo'lib, u asboblar panelining rangli ekranini, 8 dyumli Chevrolet MyLink sensorini, olti dinamikli audiosistema va ko’p funksiyali rul, shuningdek konditsioner, panoramik tom ko’rinishni o’z ichiga oladi. 

Avtomobil eng zamonaviy dvigatel 100 km uchun 5,5 litr yoqilg'i sarflaydigan va 125 ot kuchiga ega bo'lgan 3 silindrli turbokompressorli ECO TEC bilan ta'minlanadi. 

Krossoverda xavfsizlik yostiqchalari zamonaviy talablarga to’liq javob beradi. Avtomobilda orqa ko'rinish kamerasi mavjud. Shuningdek, shinalar bosimini nazorat qilish tizimi, stabilizatsiya tizimi (yoki ESP yo’nalish barqarorligini boshqarish), blokirovkaga qarshi tormoz tizimi (ABS), tepalikka ko’tarilganda yordam tizimi (HAS), orqa parktronik datchiklari, hamda bolalar uchun o'rindiq - ISOFIX qo'shimchalarga ega. 

Yangi Chevrolet Tracker qozog'istonlik iste'molchilar uchun LT va LT Redline komplektatsiyalarida taqdim etiladi. Krossoverlarga bo’lgan talab ortib bormoqda va Chevrolet Tracker o'zining yuqori darajadagi jihozlanishi hamda muqobil narxi bilan muvaffaqiyatga erishadi. 

Avtomobil sotuviga 2021-yilning 31-avgustidan start berilishi rejalashtirilgan.