Yarimoʼtkazgichlar

AYOLLARNING SЕVIMLI AVTOMOBILLARI
2021-07-01 05:03:37 Yarimoʼtkazgichlar
 
                          Yarimoʼtkazgichlar

Bugungi kunda mamlakatimiz yo‘llarida avtomobil boshqarib ketayotgan ko‘plab ayollarni uchratish mumkin. Ayollar avtomobilni ularga har tomonlama qulay bo‘lganligi uchun, ko‘p hollarda turmush o‘rtog‘i ishda bo‘lgan vaqtda bolalarni bog‘cha va maktabdan olib, qo‘shimcha mashg‘ulotlarga olib borishda vaqt va mablag‘dan yutish uchun haydashadi.

2020 yildan 2021 yilning shu vaqtiga qadar ayollar tomonidan qaysi avtomobil qancha xarid qilingan? Quyida yuqorida keltirilgan vaqtlar oralig‘ida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha keltirilgan ma’lumotlarning tahliliga asoslangan statistika keltirilgan.
Unga ko‘ra, ayollar tomonidan jami 45 562 dona avtomobil sotib olingan bo‘lib, umumiy 14%ni tashkil etadi.

Demak, ayollar tomonidan sotib olingan avtomobillar TOP-3 ligining birinchi pog‘onasini Chevrolet Cobalt –11 036 dona sotib olinganligi bilan, xarid qilingan Cobalt avtomobillari umumiy sonining – 11% ni tashkil etadi. Keyingi o‘rinni Chevrolet Nexia-3 – 9 889 dona sotuvi bilan 16 %ni ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Chevrolet Lacetti – 13%, 8 309 dona avtomobil sotuvi bilan reytingda uchinchi o‘rinni egalladi.