Axborot xabari

Rasmiy xabar
2025-08-25 17:13:41 Axborot xabari
Rasmiy xabar

Kun.uzning Facebook'dagi sahifasida “Global Avto Kredit” MChJ tomonidan Chevrolet avtomobillari sotilishi to‘g‘risida xabar e'lon qilingan edi. 

“UzAuto Motors” AJ  “Global Avto Kredit” MChJ  kompaniya rasmiy dileri emasligini va uning faoliyatiga hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qiladi.

Shu o‘rinda, UzAuto Motors Chevrolet avtomobillarini rasmiy dilerlardan shuningdek, UzAutoSavdo onlayn savdo platformasi orqali xarid qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Qoʻshimcha savollar yuzasidan kompaniya Call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin: (78) 141–77–77.