Yangiliklar

KUZ MAVSUMIDA AVTOMOBIL BOSHQARUVIDA NIMALARNI YODDA TUTISH KERAK?
2021-10-07 07:01:00 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar
Havo salqinlashgani – kuz kelganidan darak! Sovuq tong, qisqa kunlar avtomobil boshqarishda yangi muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Yo’lda o’zingiz hamda yaqinlaringiz xavfsizligini ta’minlash uchun quyida keltirilgan maslahatlarga amal qiling. GABARIT CHIROQLAR VA FARALARNI TEKSHIRING Kun oldingilariga qaraganda qisqaroq bo'lib boraveradi va siz ishga borguningizcha ham ishdan qaytguningizcha ham qorong’u bo’ladi. Kun yorishganda hamda qorong’uda avtomobilni boshqarishga tayyor ekanligingizcha ishonch hosil qiling. Bitta lampochka kuygan bo’lsa ham, uni almashtirish uchun vaqt ajrating. AVTOMOBILINGIZNI TOZALANG Avtomobilingiz oynalarini tozalang. Kuzning salqin kechalaridan labovoy oynada qirov paydo bo’lishi mumkin. Avtomobilingiz oynalarini tozalang. Yo’lga chiqishdan oldin yo’lning yaxshi ko’rinishiga ishonch hosil qiling. HO’L BARGLARDAN EHTIYOT BO’LING To’kilgan barglar yo’lda xavflarni keltirib chiqarishi mumkin. Ho’l barglar muz kabi sirpanchiq bo’ladi. Yo’lda ho’l barglarda tormoz berishdan qoching. To’kilgan barglar yo’l chiziqlari hamda chuqurliklarni shuningdek notekisliklarni berkitadi. TUMANDAN SAQLANING Tuman yo'l belgilari, svetofor va sizga qarama-qarshi kelayotgan transport vositasini ko'rishingizga xalaqit qiladi. Tuman real masofani ko’rishni xiralashtirishi mumkin Yodingizda bo'lsin, tumanda harakatlanishning boshqa ishtirokchilari sizning avtomobilingiz chiroqlarini ko'rishi kerak. Gabarit chiroqlar va tuman chiroqlarini yoqishni unutmang. O’zingiz va boshqa harakat ishtirokchilari orasida masofani saqlang. Sanab o’tilgan qoida va maslahatlarga amal qiling hamda o’zingiz va yaqinlaringizning xavfsizligini ta’minlang. Ehtiyot bo’ling! Sizga oq yo’l tilaymiz!