Yangiliklar
Mamlakatimizdagi eng yirik ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblangan “UzAuto Motors” kompaniyasi O‘zbekistonning yetakchi Oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan holda, u yerda tahsil olayotgan talabalarning avtomobilsozlik sohasidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish borasida samarali ishlarni olib bormoqda. Ta’kidlash joiz, avtomobilsozlik sanoatida innovatsiyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlashdir ayni hamkorlikning asosiy yo'nalishlaridan biridir.
Xususan, 22-noyabr kuni, “UzAuto Motors” kompaniyasi va Toshkent shahridagi “Amity” universiteti oʻrtasida talabalarni avtomobilsozlik sohasini oʻrganishga jalb qilish hamda kelgusida ushbu yo’nalishda amaliy dasturlar yaratish boʻyicha hamkorlikda ishlashni nazarda tutuvchi oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Tadbir davomida “UzAuto Motors” Bosh direktori Bu Inge Andersson talabalarga kompaniya to’g’risida ma’lumotlar berib o’tdi va kelgusida mazkur hamkorlikning motivatsion jihatlari bo’yicha fikr almashdi.
Shuningdek, universitetlar bilan hamkorlikni kengaytirish dasturi doirasida janob Andersson Toshkent davlat texnika universiteti talabalari bilan ham uchrashib, ular bilan kompaniya yutuqlari va bugungi faoliyati bilan o’rtoqlashdi.