Yangiliklar

MARHAMATDA «RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI» O‘TKAZILDI
2021-05-26 10:26:00 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

O‘zbekistonda 2021-yil «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da yoshlar bilan ishlashda turli xil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, bandligini taʼminlash maqsadida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, bugun 25-may kuni Marhamat tumanidagi 3-Davlat ixtisoslashgan maktab internatida tuman hokimi B.Yuldashev, “O‘zavtosanoat” AJ raisi birinchi o‘rinbosari A.Rafiqov hamda «UzAuto Motors» AJ bosh direktori R.Rajabov ishtirokida «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» o‘tkazildi. Uchrashuvda vaqtincha bandligi taʼminlanmagan yoshlar, bitiruvchi o‘quvchilar, tumandagi barcha tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan, “O‘zavtosanoat” AJ raisining birinchi o‘rinbosari A.Rafiqov hamda "UzAuto Motors" AJ Bosh direktori R.Rajabov, mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar va yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlarga to‘xtalib, uchrashuvni ochiq muloqot tarzida o‘tkazilishi taklif etdilar.

Muloqot davomida tumandagi yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglandi hamda tegishli masʼullarga vazifalar topshirildi.

Mazkur uchrashuvda 4 nafar uyushmagan yoshlar tomonidan takliflar bildirilgan bo‘lib, murojaatlarni o‘z vaqtida joyiga chiqqan holda o‘rganish va ijobiy hal etilishini taʼminlash maqsadida chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.