Yangiliklar
Ogoh bo‘ling: soxta akkauntlar!
Hurmatli obunachilar,
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini “UzAuto Motors” AJ nomidan tanishtirayotgan hamda kompaniya nomidan turli izoh va kontentlar joylashtirayotgan soxta akkaunt aniqlanganini ma’lum qilamiz.
Mazkur sahifa “UzAuto Motors” AJga aloqador emas va unda e’lon qilinayotgan fikrlar, izohlar hamda boshqa materiallar kompaniyaning rasmiy pozitsiyasini ifodalamaydi.
Eslatib o‘tamiz, “UzAuto Motors” AJning barcha rasmiy sahifalari verifikatsiyadan o‘tgan.
Shu munosabat bilan, noma’lum va shubhali sahifalar faoliyatiga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish, tasdiqlanmagan manbalarga ishonmaslikni hamda faqat rasmiy axborot kanallariga tayanishni tavsiya qilamiz.
“UzAuto Motors” AJ faoliyatiga oid barcha ishonchli va tasdiqlangan ma’lumotlarni kompaniyaning rasmiy axborot kanallari orqali olishingiz mumkin.
Kompaniyaning rasmiy sahifalari: