Yangiliklar

UzAuto Oksana Chusovitinani Qohirada bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogida qoʻlga kiritgan navbatdagi sovrini bilan tabriklaydi
2022-03-21 02:31:42 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

“O‘zavtosanoat” kompaniyasi Oksana Chusovitinani Qohirada sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogidagi navbatdagi gʻalabasi bilan tabriklaydi. UzAuto kompaniyasi va O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining butun jamoasi Oksana Aleksandrovnadan jahon shohsupasida yana bir bor O‘zbekiston bayrog‘i va sportchimizni ko‘rish imkoniyatini yaratganligi uchun minnatdor.

Turnirda mamlakatimizdan Oksana Chusovitina, Ominaxon Xalilova, Dildora Aripova, Rasuljon Abdurahimov, Abdulla Azimov, Xabibullo Ergashev va O‘tkirbek Jo‘rayevlar ishtirok etishmoqda. Hakamlar hay’atida o‘zbekistonlik yosh mutaxassislar Stella Koshechkina va Otabek Masharipovlar.

“Kon-maxi” snaryadi bo‘yicha Abdulla Azimov va notekis to‘siqlardagi mashqlardan Dildora Oripova 7-8-o‘rinlarni egallab, jahon kubogining eng kuchli o‘ntaligidan munosib oʻrin egallashdi. 

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun muqaddam 46 yoshli Oksana Chusovitina Dohada bo'lib o'tgan Jahon kubogida buyuk gimnastikachi Barselonadagi ilk Olimpiya o'yinlarida debyut qilganida hali tug'ilmagan raqiblari bilan bellashib, tayanib sakrashda oltin medalni qo'lga kiritgan edi.

Youtube

UzAuto jamoasi va O‘zbekiston gimnastika federatsiyasidagi hamfikrlaringiz nomidan Sizga kelgusi musobaqalarda ham omad va zafarlar yor bo’lishini tilab qolamiz!

"O'zavtosanoat" AJ
boshqaruv raisi, 

O‘zbekiston gimnastika 
federatsiyasi prezidenti

Shavkat Umurzakov