Yangiliklar

OLIY MAKTAB TINGLOVCHILARI “UZAUTO MOTORS” ZAVODIGA TASHRIF BUYURISHDI
2021-10-26 05:36:40 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda Oliy maktab) magistratura yo’nalishi talabalari Andijon viloyatida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Ekskursiyadan ko’zlangan asosiy maqsad avtomobil ishlab chiqarilishining butun siklini ko’rish orqali mamlakatning avtomobilsozlik sanoati bilan tanishishdir. 

Turning birinchi kunida tadbir ishtirokchilari Asaka shahrida joylashgan “UzAuto Motors”  zavodiga tashrif buyurishdi. 

Manzilga yetib kelgach, mehmonlarga xavfsizlik bo'yicha instruktaj tushuntirildi va avtomobillarni yig'ishning to’liq jarayonini ko'rsatish maqsadida ishtirokchilarga presslash, yig'ish va payvandlash sexlariga ekskursiya uyushtirildi.

Oliy maktab tinglovchilari birinchilardan bo‘lib Chevrolet Tracker 2 va Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarish liniyalarini ko’rish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Joriy yilning avgust-sentabr oylarida kompaniyada ushbu avtomobil modellarini ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish liniyalari modifikasiya va unifikatsiya qilindi va yaqindan boshlab ushbu avtomobil modellarining kuzov qismlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Chevrolet Tracker 2 va Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarish bo’yicha ishlar reja asosida olib borilmoqda.

Ekskursiya yakunida brifing uyushtirilib, ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Turning navbatdagi kuni avtomobilsozlik sohasida mahalliylashtirish mavzusiga bag’ishlangan bo’lib, unda ishtirokchilar isitish, sovutish, ventilyatsiya, konditsioner tizimlari va avtomobil ichki qismi detallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxonalar «UzErae Climate Control» va «Uz Tong Hong» ga tashrif buyurishdi. 

Ekskursiya yakunida Oliy maktab tinglovchilari “Uzavtosanoat” AJ, “UzAuto Motors” AJ hamda “Uzautocomponents” MCHJ rahbariyatiga ekskursiya uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.