Yangiliklar

Kecha 14 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Onix avtomobili sotuvga chiqdi” sharhli video shiddat bilan tarqaldi
2021-09-15 15:10:00 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Kompaniya keltirilgan ma’lumotning asossiz ekanligini rasman e’lon qiladi. Bugungi kunda sotuvda mavjud bo’lgan avtomobillar ro’yxati bilan uzautomotors.com sayti orqali tanishishingiz mumkin. Qolaversa, Chevrolet Onix rusumli avtomobilning sotuvi boshlanishi haqida biz rasmiy kanallarimizda e’lon qilamiz.

Hurmatli kuzatuvchilar, eslatib oʻtamiz, avval xabar berganimizdek (https://t.me/uzautomotorscom/1685) Chevrolet Onix avtomobilini yagona platformadagi ishlab chiqarish imkonini beradigan o’rnatish va ishga tushurish ishlari joriy yilning iyul-avgust oyida olib borildi.

Shuningdek, keltirilgan videoda sotuv boshlanganligi haqida hech qanday gap yoʻqligini inobatga oling. Qo'shimcha ma'lumot tarzida shuni ma'lum qilamizki, avtomobilning yonilg'i sarfi sezilarli darajada tejamkor 6 litrgacha bo'ladi.

Avtomobillar sotuvi hamda narxi boʻyicha ma’lumotlarni kompaniyaning rasmiy kanallaridan yoki @uzavtosavdo_bot telegram boti orqali bilib olishingiz mumkin. Bundan tashqari kompaniyaning call center markazi sizning xizmatingizda.