Yangiliklar
26-dekabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, UzAutoSavdo platformasidan foydalangan holda 124 600 dan ortiq shartnomalar muvaffaqiyatli tuzildi.
UzAutoSavdo onlayn-savdo tizimida 32 kiberhujum kuzatildi. Umuman olganda, tizimda ushbu vaqt oralig‘ida 90,2 mingdan ortiq faol seanslar qayd etilgan.
Shu bilan birga, ushbu davr mobaynida kompaniyaning Call-markazi tomonidan 2 320 dan ortiq murojaatlar qabul qilinib, ko‘rib chiqildi.