Yangiliklar
O‘zbekiston dunyoda Chevroletning AQSH’dan keyingi ikkinchi yirik bozoriga aylandi
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilda bozoridagi 370 000 ga yaqin avtomobil sotuvi bilan Chevrolet jahon savdo reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Bu ko‘rsatkich so‘nggi bir necha yil ichida mamlakatda avtomobil markalariga bo‘lgan yuqori talabning natijasi bo‘lib, yagona GEM platformasi asosida yangi Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgani muhim omil bo‘ldi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi aholi farovonligi va to‘lov qobiliyatining o‘sishiga, shuningdek, avtomobilsozlik sohasini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratdi. Qolaversa, Chevrolet avtomobillarining mahalliy iste’molchilar orasida mashhurligiga uning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlaridagi optimal mutanosibligi xizmat qilmoqda.
Chevrolet sotuvi bo'yicha jahon reytingida TOP-5 talik
AQSH - 1 716 268
O‘zbekiston - 369 980
Braziliya - 327 781
Meksika - 172 066
Xitoy - 168 830
UzAuto Motors kompaniyasi kelajakka ishonch bilan qaraydi va o‘z avtomobil bozorini rivojlantirishni davom ettirishga tayyorligini bildiradi. Bu muvaffaqiyat nafaqat Chevrolet brendiga bo‘lgan ishonchning aksi, balki O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatining jadal rivojlanayotgani tasdig‘idir.
➖➖➖➖➖
GEM (Global Emerging Markets) modul platformasi bu GMning rivojlanayotgan bozor global platformasi boʻlib, mijozlarga texnologiya va xavfsizlik funksiyalarini arzonroq narxlarda taklif etadi. GEM avtomobil platformasi sedan, xetchbek, stansiya vagonlari, krossoverlar va yo’ltanlamaslar kabi turli o‘lchamli avtomobil sinflari va har xildagi kuzov uslublarini qoplashga qodir.