Новости

“UzAuto Motors” AJ Asaka zavodida bayram munosabati bilan bir qator xodimlar taqdirlandi
2024-08-30 16:52:38 Новости
                          Новости

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan UzAuto Motors Asaka avtozavodida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

 

Tadbirni “UzAuto Motors” AJ bosh direktori Bo Andersson kirish so‘zi bilan ochib berib, ko‘p ming sonli zavod jamoasini O‘zbekiston Mustaqilligining 33 yillik shodiyonasi bilan qutladi.

 

Shuningdek, tadbir davomida avtomobilsozlik sanoatini yuksaltirish yo‘lida korxonada uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan ishchi-xodimlar munosib rag‘batlantirildi. Xizmatlarini e’tirof etgan holda, faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

 

Bundan tashqari, korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq “Shuhrat medali” ordeni bilan taqdirlangan korxonaning bo‘yoqlash sexi brigadiri Tursunov Dilshodbekni ushbu unvonga munosib ko‘rilganli bilan samimiy qutlab, sharafli ayni paytda mas’uliyatli faoliyatida zafarlar tilashdi. 

 

Mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu tadbir barcha zavod xodimlari uchun unutulmas lahzalarga boy bo‘ldi.