Yangiliklar

PALUANOV BAXTIYAR - KORXONADAGI HAR BIR DAQIQA QADRI HAQIDA
2023-03-01 03:11:03 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Har bir insonga muayyan bir faoliyat turi hamroh bo‘ladi, bu faoliyat esa uni jamiyat uchun foydali kishiga aylantiradi va ayni paytda xuddi shu kasbi unga baxt keltiradi deydi “Texnologiya va texnik xizmat ko’rsatish” bo`limi boshlig`i Paluanov Baxtiyar. Mutaxassis korxonadagi faoliyati va kasbiy vazifalari haqida so‘zlab beradi.

Qahramonimiz Paluanov Baxtiyar 1991-yil 30-dekabr kuni Nukus shahrida tug`ilgan. Hozirda “UzAuto Motors” AJ Xorazm filialida “Texnologiya va texnik xizmat ko’rsatish” bo`limi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritadi. Yoshligidan avtobilsozlik, turli-xil texnologiyalarga qiziqish bo`lgan. Zamonaviy texnikalarga qanday ishlaydi, u nimadan va qanday yasalganligi qahramonimizni doimo o`ziga jalb etgan. Hayotidagi maqsadi korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan avtomobillarni mijozlarga sifatli va o`z vaqtida yetkazish.

Baxtiyar Paluanov ish faoliyatini “UzAuto Motors” AJ Xorazm filialida boshlagan. U filialda 2015-yilda Ishlab chiqarish bo`limi Yig`uv sexida mexanika yig`uv ishlari chilangari lavozimida ish boshlaydi.

U kompaniyadagi orttirilgan ish tajribasi haqida ishonch va alohida faxr bilan so‘zlaydi: “Menga ushbu korxonada juda katta tajribaga ega bo`lishimga, har bitta ishga mas`uliyat bilan yondashish kabi jihatlarni o`zimda paydo qilishda katta o`rin tutadi. Eng avvalo, aytishim joizki kompaniya menga ahillikda, birdamlikda va oila a`zolarimdek qadrdon bo`lib ulgurgan hamkasblar davrasida ishlash baxtini berdi. Men 8-yillik ish faoliyatimda bosib o`tgan yo`limdan hech ham afsuslanmayman undagi har bir daqiqa men uchun juda qadrli hisoblanadi. Kompaniyada ishlash davomida men martaba zinapoyalari bo‘ylab ko‘tarildim, oila qurdim, farzandli bo‘ldim, uy sotib oldim. Kompaniya men uchun ikkinchi oilamga va hayotimning ajralmas qismiga aylandi. Chunki men o`z ish faoliyatimda chet elga davlatlariga borib malaka oshirib keldim. Jumladan: Hindiston, Janubiy Koreya, Qozog`iston, Rossiya Federatsiyasi joylashgan yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlarda bo`lib chet ellik mutaxassislar bilan fikr almashdim. Shu bilan birga, korxonamiz “Built in Quality level III” va “ Built in Quality level IV” sifat darajasiga erishganida, BIQ sertifikatlarini qo`lga kiritganida o`z hissam borligidan faxrlanaman. Shuningdek, korxonamizda o`z ish faoliyatini boshlagan Press sexida bir yoqadan bosh chiqarib ishlagan, kunni kun, tunni tun demasdan yelkama-yelka turib mehnat qilgan hamkasblarimga rahmat aytaman.” -deydi bugungi qahramonimiz o`z so`zlarida.

U hozirgi kunda yangi loyihalarni amalga oshirish, kompaniyada texnologik jarayonlarni optimallashtirish, ishchilarga qulay ish sharoitini yaratib berish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonining uzliksizligini ta`minlash kabi vazifalarni bajaradi.

“Kompaniyadagi faoliyatim davomida katta ish tajribasiga hamda kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo’ldim. Korxonadagi tartib-intizom, ishchi-xodimlarning bir-biriga bo`lgan hurmat va e`tibori meni juda quvontiradi. Qolaversa, hamkasblarim orasida fikr almashib ish qilish, shuningdek, tajribali mutaxassislarning yosh kadrlarga ish olib borishdagi beradigan maslahatlari, ustoz-shogird an`anasi kabi jihatlar meni yanada yaxshiroq ishlashga undaydi.” - deydi Baxtiyar Paluanov o`z so`zida.

U bo‘sh vaqtini oilasi va do‘stlari bilan o‘tkazishni afzal ko‘radi. Baxtiyar hozirgi kunda namunali ota, qizining qahramoni. O`z ustida tinimsiz ishlaydigan namunali mutaxassis. Bugungi kunda bir nechta tillarni bilishiga qaramay, boshqa chet tillarini o`rganishni xohlaydi. U bo`sh vaqtlarida til o`rganish bilan muntazam ravishda shug`ullanadi hamda farzandiga ham ingliz tilini mustaqil ravishda o`rgatadi. Bu unga kuch, ishonch va ilhom bag‘ishlaydi.