Yangiliklar

Politsiya xizmati avtoparkida 86 ta yangi Chevrolet Cobalt avtomobili
2021-06-23 21:45:10 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Shimoliy Qozog'iston viloyati politsiya xizmatining avtoparki yangi xizmat mashinalari bilan to'ldirildi. Tengrinews.kz axborot saytining xabar berishicha, Qozog'iston politsiyasi kuni arafasida 86 ta yangi Chevrolet Cobalt avtomobil kalitlari Shimoliy Qozog'iston viloyati hokimi Kumar Aksakalov tomonidan tantanali muhitda topshirildi. 

Chevrolet Cobalt rusumidagi 86 avtomashinaning barchasi viloyat byudjetidan sotib olingan bo'lib, ular mahalliy politsiya inspektorlari ishida qulayliklar yaratish uchun mo'ljallangan. 

"SaryarkaAvtoProm" kompaniyasi yangilangan avtopark militsiya xodimlariga imkon qadar tezroq harakat qilish, jinoyatchilikni oldini olish va kamaytirish vazifalarini yetarli darajada bajarishga imkon berishiga ishonadi. 

Eslatib o'tamiz, Qozog'iston bozorida Chevrolet brendi sotuvda yetakchi o'rinni egallab turibti hamda bunga misol tariqasida aytish mumkinki, 2021 yilning 5 oylik muddati ichida eng ko'p sotilganlardan biri bu Chevrolet Cobalt modeli bo’ldi.