Yangiliklar

Politsiya yana Cobalt avtomobilini tanladi
2022-01-28 09:34:51 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Ishonchli va qulay Chevrolet Cobalt yana huquq-tartibot idoralari xodimlarining tanloviga aylandi. O‘tgan yilning noyabr oyida Qozog‘istonning ikki viloyatining politsiya xizmati UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan Cobalt avtomobillarini sotib olgani haqida ma’lumot bergan edik.

2

Ukrainadagi Chevrolet ommaviy segmentining rasmiy distribyutori bo'lgan “Ravon Motors Ukraine” milliy politsiya faoliyatida qulayliklar yaratish uchun Cobalt avtomobillarini yetkazib berdi. Kompaniya Ukrainaning Kiev viloyati politsiya boshqarmasi tomonidan Cobalt sotib olishda avtomobillarning qulay narxi va sifat borasidagi ustunligi asosiy omillar bo'lganini ta'kidladi.

3

Ukraina Milliy politsiyasi o'z xizmat faoliyatida ko'pgina turli avtomobil ishlab chiqaruvchilarning transport vositalaridan foydalanadi. Chevrolet Cobalt tanlovi ushbu avtomobilning o'z segmentida yuqori sifati va ishonchliligining yana bir tasdig'idir.

4

5