Press-reliz

«O‘ZAVTOSANOAT» KORXONALARI O‘Z MAHSULOTLARINI «MADE IN UZBEKISTAN» KO‘RGAZMASIDA NAMOYISh ETADI
2017-11-01 03:39:58 Press-reliz
 
                          Press-reliz

Joriy yilning 7 dan 9 noyabriga qadar «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuining markaziy pavilonlarida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi yutuqlar namoyishiga bag‘ishlangan «Made in Uzbekistan» (O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan) ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakatimizning barcha sanoat sohalaridagi sifatli va eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar qatnashadi.
Ko‘rgazma yo‘nalishlaridan biri O‘zbekiston avtomobil sanoatiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda «O‘zavtosanoat» AJning «GM Uzbekistan», «JV MAN Auto-Uzbekistan», «SamAvto», «UzAutoTrailer», «Uz-Koram Ko»., «Uz-Tong Xong Ko.», «Uz-Dongvong Ko.», «Uz-Dongju Peint Ko.», «Uz-Semyung Ko.», «Jizzax akkumulyator zavodi» korxonalari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etadi.
Milliy mahsulotlarimiz namoyishiga bag‘ishlangan mazkur tadbir tashrif buyuruvchilarni respublikamizning ilmiy-ishlab chiqarish, iqtisodiy-investitsiyaviy salohiyati hamda innovatsion loyihalari bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirda yurtimizning 130 dan ortiq yirik kompaniyalari ishtirok etishi kutilmoqda. Bundan tashqari ko‘rgazmaga dunyoning eng yirik va yetakchi kompaniyalari tashrifi kutilmoqda.