Yangiliklar
Qozog'iston avtomobil biznesi Assotsiatsiyasi (QABA)ning 2022-yil oktabr oyidagi ma'umotiga ko'ra, Qozog'istonda yengil avtomobillar sotuvi bo'yicha yetakchi brendlar orasida Chevrolet hamon o'z liderlik pog'onasini saqlashda davom etmoqda.
Ro'yxatning yuqori uchligini (TOP-3) doimgidek, Chevrolet Cobalt boshlab bergan bo'lsa, ikkinchi o'rinni Hyundai Tucson davom ettirdi.
Qozog'iston avtomobillar bozori keng tanlovga ega bo'lishiga qaramay, Chevrolet avtomobillari qozog'istonliklar orasida eng talabgir bo'lib qolmoqda.