Axborot xabari

Rasmiy xabar
2025-07-03 10:21:12 Axborot xabari
 
                          Axborot xabari

Avvalroq, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “UzAuto Motors” AJ tomonidan yong‘indan xabar berish, yong‘inni gazli va suvli-purkab o‘chirish avtomatik tizimlariga hamda perimetr bo‘ylab qo‘riqlash avtomatik signalizatsiya tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha davlat xaridi bir xil manzilli qatnashchilar ishtirokida oʻtganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqalgan edi.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida 25120012434331-sonli Bayonnoma bekor qilindi.

“UzAuto Motors” AJ media vakillariga kompaniya faoliyatiga befarq bo‘lmay, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashdagi sa’y harakatlari uchun minnatdorchilik bildiradi.