Yangiliklar

RASMIY XABAR
2023-01-18 08:54:27 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

UzAuto Motors kompaniyasi 2023-yilning 17 yanvar sanasidan boshlab avval tuzilgan shartnomalar bo’yicha avtomobillarni yetkazib berishni qayta tikladi.

Bundan tashqari kompaniya 2023 yildan boshlab QQS stavkasining 15 foizdan 12 foizgacha pasaygani munosabati bilan xaridorlarga avtomobil narxi pasayishini ma’lum qiladi.

Avtomobil narxining pasayishi bugungi kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan hamda shartnoma shartlariga muvofiq to’lovni amalga oshirgan amaldagi shartnomalarga nisbatan qo’llaniladi. 

Hurmatli xaridorlar, shartnomangiz boʻyicha avtomobil narxining qanchaga pasayganligi haqida ma’lumot olish uchun o'z dilerlik markazingizga murojaat qilishingizni so’raymiz.