Yangiliklar

So’nggi paytlarda ba'zi OAV vakillari o'z kanallarida 2021 yilning avgust oyida Chevrolet Spark avtomobili ishlab chiqarilmagani haqida xabar berishmoqda
2021-09-18 21:00:58 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

So’nggi paytlarda ba'zi OAV vakillari o'z kanallarida 2021 yilning avgust oyida Chevrolet Spark avtomobili ishlab chiqarilmagani haqida xabar berishmoqda. Bu ma'lumotlar haqiqatga to’g’ri keladi va Respublika Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida tasdiqlangan.

Ushbu ommabop avtomobil modellari ishlab chiqarilishining vaqtincha to'xtab qolishining sababi nimada?

“UzAuto Motors” boshqaruv va ishlab chiqarishning bosqichma-bosqich transformatsiyasini amalga oshirdi. Uning doirasida yagona platformadagi avtomobillarni ishlab chiqarishga o'tish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda Chevrolet Tracker va Chevrolet Onix avtomobil modellari bo'ladi.

Kelgusida Tracker va Onix modellarini ishlab chiqarishni o'zlashtirishga imkon beradigan rejalashtirilgan o'rnatish va ishga tushirish ishlari joriy yil iyul oyining o'rtalaridan avgust oyining oxirigacha amalga oshirildi.

Ushbu keng ko'lamli modernizatsiya ishlari avtomobil ishlab chiqarilishi uchun muhim bo’lgan yarimo'tkazgichlarning global tanqisligi fonida sodir bo'ldi. Yuqoridagi omillar sabab Chevrolet Lacetti va Chevrolet Spark modellarini ishlab chiqarish vaqtincha to'xtatilgan edi.

“UzAuto Motors” kompaniyasi tez orada ushbu avtomobil modellarni qayta ishlab chiqarishni yo’lga qo’yadi.