Yangiliklar

Sanoqli kunlardan so’ng siz orziqib kutgan kun!
2022-08-26 09:07:10 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Sanoqli kunlardan so’ng siz orziqib kutgan kun!

Sanoqli kunlardan so’ng siz orziqib kutgan kun – O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan ilk milliy krossover Chevrolet Tracker avtomobili sotuvi boshlanadi. Shu kunlarda kompaniya avtomobil sotuvi boshlanishiga hozirlik ko’rmoqda.

Eslatib o’tamiz, avtomobil yarimavtomat to'xtash tizimi, LED yoritgichli kunduzgi chiroqlar, rangli 8 dyumli sensor displey Chevrolet MyLink, 6 dinamikli multimedia tizimi, koʻpfunksiyali rul, konditsioner, panoramali lyuk va orqa oyna istish tizimi, old va orqa oyna elektropodyomnik bilan jihozlangan.

Chevrolet Tracker -2023 avtomobili 6 ta xavfsizlik yostiqchalari, orqa koʻrinish kamerasi, shinalar bosimi monitoringi tizimi, barqarorlikni nazorat qilish tizimi (ESP), tormoz (ABS) tizimi, tepalikka ko’tarilishga yordam tizimi (HSA), orqa parktroniklar va bolalar o'rindig'i Isofix xavfsizlik texnologiyalariga ega.

30-avgustda avtomobil sotuvining boshlanishi munosabati bilan, sizlarni dilerlik markazlarimizda kutib qolamiz!