Axborot xabari

Informatsion xabar
2024-07-05 14:35:20 Axborot xabari
 
                          Axborot xabari

Savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali 14 250 dona Chevrolet Cobalt avtomobili xaridi uchun onlayn kontraktatsiya jarayoni yakuniga yetdi. 

14 209 ta tuzilgan shartnomalar One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan va 1 ta dan ko‘p bo‘lmagan avtomobil uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi. 41 ta shartnoma yuridik shaxslar ulushiga to‘g‘ri keldi.

Onlayn kontraktatsiya jarayonida UzAutoSavdo tizimida 5 000 dan ortiq kiberhujum amalga oshirildi. UzAuto Motors mutaxassislari tomonidan ularning oldini olindi. Avtomobil xaridi uchun kontraktatsiya jarayoni mobaynida UzAvtoSavdo platformasi faoliyatida uzulishlar kuzatilmadi.  

UzAuto Motors o‘z mijozlariga  Chevrolet brendini tanlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiradi.