Yangiliklar

Hurmatli mijozlar!
2024-07-04 16:52:23 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Sizlarga Chevrolet Cobalt avtomobili xaridi uchun avvalgi kontraktatsiya natijalariga ko‘ra, to‘lovi o‘z vaqtida amalga oshirilmagan, shu jumladan bekor qilingan hajmlar bo‘yicha shartnomalarga navbatdagi kontraktatsiya ochilishini ma’lum qilamiz. 

5-iyul, juma kuni soat 10:00 da sotuv jarayonlari boshlanadi. Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.

Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini va mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim. Aks holda, mazkur shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinib, kontraktatsiyaga qayta qoʻyiladi. Shu munosabat bilan UzAuto Motors avtoixlosmandlardan tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishlarini so‘raydi.

Agar sizda qandaydir savol bo‘lsa, kompaniya +998 78-141-7777 raqamiga murojaat qilishni tavsiya qiladi.