Yangiliklar

SO’RAGAN EDINGIZ, JAVOB BERAMIZ!
2021-10-12 12:37:00 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Kompaniyaning call centeriga mijozlardan turli xil murojaatlar kelib tushmoqda. Ular orasida eng ko’p so’ralgan murojaatlardan biri bu Сhevrolet Onix avtomobilining qachon ishlab chiqarilishi haqida.

Joriy yilning avgust oyida Chevrolet Onix va Chevrolet Traker 2 avtomobillarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun Asakadagi zavodda zaruriy ishlar olib borildi.

Chevrolet Onix avtomobilining birinchi partiyasi ishlab chiqarilgandan so'ng, olti oylik sinov muddatidan o'tishi kerak. Avtomobillar turli xil iqlim sharoitida, har xil yo'llarda sinovdan o'tkaziladi. Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish faqat toʻliq testdan oʻtgandan keyingina boshlanadi.

Сhevrolet Onix avtomobili sotuvi 2022 yil oxiri, 2023 yil boshida yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

Hurmatli xaridorlar, biz sizlarni ijobiy yangiliklar bilan tezroq xursand qilishni xohlaymiz!

Hurmat bilan, UzAuto Motors!