Yangiliklar

Eng yaxshilarni taqdirlash marosimi
2021-06-03 03:06:10 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

«UzAuto Motors» AJ tomonidan tashkillashtirilgan bolalar tomonidan chizilgan rasmlar uchun ijodiy tanlovning g‘oliblari munosib tarzda taqdirlandi. 

Eslatib o‘tamiz, 1-iyun «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan «UzAuto Motors» kompaniyasi tomonidan «Eng a’losi faqat bolajonlar uchun» shiori ostidagi ijodiy tanlov e’lon qilingandi. Ushbu ko‘rik tanlovda jami 222 nafar bolalar, 3 yo‘nalishda: 5 yoshdan 7 yoshgacha, 8 yoshdan 10 yoshgacha hamda 11 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar avtomobil bilan bog’liq mavzudagi o‘zlari chizgan rasmlari ila ishtirok etishdi. 

G‘oliblar http://kids.uzautomotors.com/ sayti yordamida  ochiq tarzdagi ovoz berish jarayoni orqali aniqlandi. Ammo «UzAuto Motors» AJ tanlovda ishtirok etgan har bir iqtidor egasini g‘olib deb hisoblaydi. 

Shu munosabat bilan, joriy yilning 1 iyun kuni Ashxobod sayilgohida tantanali bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. Tanlov g‘oliblari «UzAuto Motors» AJ tomonidan esda qolarli sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Shu bilan birga, tanlovda ishtirok etgan barcha bolajonlarga esdalik sovg‘alar topshirildi. 

UzAuto Motors «Kids» – 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 87 nafar ishtirokchilar orasidan:

1-o‘rin – Dilmuxammad – 1 490 ovoz bilan;

2-o‘rin – Moxinur – 1 466 ovoz bilan;

3-o‘rin – Shaxruza – 1 219 ovoz bilan.

 

 UzAuto Motors «Junior»– 8 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan 87 nafar ishtirokchilar orasidan:

1-o‘rin – Xumoraxon – 1 299 ovoz bilan;

2-o‘rin – Madina – 1 283 ovoz bilan;

3-o‘rin – Munisaxon – 999 ovoz bilan.

 

UzAuto Motors «Tween» – 11 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 48 nafar ishtirokchilar orasidan:

1-o‘rin – Nurdastan – 1 807 ovoz bilan;

2-o‘rin – Zebuniso – 1 717 ovoz bilan;

3-o‘rin – Ilianna – 944 ovoz bilan.

Hammasi o‘ziga mos va xos tarzda o‘tgan bayromana tadbir kichkintoy do‘stlarimizga ko‘plab yorqin va unutilmas hissiyotlar baxsh etdi. Buning uchun bizga yaqindan ko‘mak bergan, Ashxobod sayilgohi ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bolajonlarning kelajakdagi qadamlari shaxdam bo‘lishini tilab qolamiz.

Sizlarni yana bir bor tabriklaymiz, bolajonlar!

Quyida taqdirlash marosimining yorqin jarayonlari bilan tanishishingiz mumkin.