Yangiliklar

Tezlik va avtosport ixlosmandlari diqqatiga!
11/12/2025 22:02 70 Yangiliklar
Tezlik va avtosport ixlosmandlari diqqatiga!

12-14 dekabr kunlari Yangi Oʻzbekiston hududidagi Olimpiya shaharchasida 2025-yil Osiyo Jimxana Chempionatining Final  5-bosqichi bo‘lib o‘tadi! 

Oʻzbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasining 16 davlatidan eng kuchli pilotlar ishtirok etadigan yirik qitʼa turnirining hal qiluvchi bosqichiga mezbonlik qiladi. Musobaqada rasmiy ravishda shakllantirilgan milliy jamoalar ishtirok etadi, ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi ham bor.

Final bosqichida yurtimiz sharafini Chevrolet Onix avtomobillarida ishtirok etuvchi professional sportchilar himoya qiladi. Bu esa Onix’ning haqiqiy ustalar qo‘lida qanday imkoniyatlarga ega ekanini jonli tarzda ko‘rish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi.

3 kun davom etadigan ekstremal poygalarda avtomobillar yuqori yuklamada ishlaydi: nazorat qilinadigan sirpanish elementlari, rulda intensiv ishlash, faol tezlashuv va keskin tormozlash texnika uchun haqiqiy sinov boʻladi. Tomoshabinlar esa Chevrolet Onix’ning ishonchliligi, barqarorligi va dinamik imkoniyatlarini real musobaqa sharoitida kuzatishlari mumkin bo‘ladi.

Jimxana bu aniqlik, chaqqonlik va avtomobilni mukammal boshqarish talab etiladigan sport turi. Ana shunday sharoitlarda Onix oʻz imkoniyatlarini yanada yorqin namoyon qiladi.

Final bosqichi xalqaro tajribaga ega mahoratli pilotlar qo‘lida Chevrolet Onix’ning haqiqiy salohiyatini professional poyga yo‘lagida ko‘rish uchun noyob imkoniyatdir.

Tomoshabinlarni hayajonli kurash, dinamika va qit’aning eng kuchli sportchilari ishtirokidagi tomoshalar kutmoqda.

Barchangizni musobaqani birgalikda tomosha qilishga taklif qilamiz!

Manzil