Yangiliklar

Ulug’bek Rozukulov “O'zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi
2023-04-02 16:39:35 Yangiliklar

Joriy yilning 24 mart kuni Rozukulov Ulug’bek Ubaydullayevich “O'zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. 

Ulug'bek Rozukulov 1969-yilda tug'ilgan, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, shuningdek, Rossiya Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot institutida aspiranturani bitiruvchisi, iqtisod fanlari nomzodi.

U mazkur tayinlovga qadar, O’zbekiston Respublikasining Indoneziya, Vyetnam va Janubi-Sharqiy Osiyo Assotsiatsiyasi (ASEAN) favqulodda va muxtor elchisi sifatida faoliyat ko’rsatib kelayotgan.

2007-2017 yillarda bosh vazir o’rinbosari - "O'zavtosanoat" boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritgan. 

Qolaversa, turli yillarda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligida rahbarlik lavozimlarda ishlagan.

Style Options

Color Scheme

Show Top Bar

ShowHide

Top Bar Style

DefaultColored

Layout

WideBoxed

Dark & Light

LightDark

Navigation Color

LightDark

SupMenu Color

LightDark