E'lon
Hurmatli aksiyadorlar!
“UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 29-oktabrdagi bayonnomasiga asosan jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-yil 24-noyabr kuni soat 15:00 da o‘tkaziladi.
Yig‘ilish “Elektron ovoz berish — eVOTE” elektron servisi orqali masofadan, onlayn tarzda o‘tkaziladi.
Aksiyadorlar reyestri 2025-yil 18-noyabr holatiga tuziladi. Shu sanada reyestrda bo‘lgan aksiyadorlar 24-noyabr kuni bo‘ladigan yig‘ilishda ishtirok etadilar.
Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 13-uy.
E-pochta: info@uzautomotors.com
Kun tartibi:
-
Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish reglamentini tasdiqlash.
-
Jamiyatning 2025-yil 9 oylik natijalari bo‘yicha taqsimlanmagan foydasini taqsimlash, dividendlar miqdori, to‘lash shakli va tartibini tasdiqlash.
Materiallar bilan tanishish muddati: 2025-yil 2–23-noyabr, ish kunlari 10:00–15:00 gacha.
Ishtirok etuvchi aksiyadorlar https://evote.uz/ saytida elektron xabar olgan paytdan boshlab ro‘yxatdan o‘tgan hisoblanadi.
Telefon: 78 140-55-40 (3-1729 va/yoki 1727#).
Jamiyat Kuzatuv kengashi.