Yangiliklar

Chevrolet Cobalt avtomobili mavjud uchta komplektatsiyadan tashqari, mijozlarga qo‘shimcha ravishda yangi ikkita versiyada taqdim etiladi, ularda Cobalt xaridorlari uchun ilgari mavjud bo‘lmagan yangi opsiyalar qo‘shilgan.
Modernizatsiya doirasida avtomobilning yangi komplektatsiyalarida komponentlar yangilandi: yangi dvigatel boshqaruv bloki o‘rnatildi, gaz taqsimlash va elektron boshqaruv tizimlari takomillashtirildi. ABS tizimi, xavfsizlik yostiqchalari va himoya funksiyalari boshqariuv bloklari yangilandi. Diagnostika moduli sezilarli darajada yangilandi. Umumiy hisobda hammasi bo‘lib yangi modifikatsiyalarda avtomobilning 50 dan ortiq muhim komponentlari yangilandi.
Chevrolet Cobalt avtomobilining yangi modifikatsiyalari xaridorlarga ikkita Cobalt Style MCM va Cobalt Midnight MCM versiyalarida taqdim etiladi.
Har ikkila yangi versiyada ham, komponentlar bazasidagi o‘zgarishlardan tashqari, haydovchi va yo‘lovchilarning qulayligiga alohida e’tibor qaratilgan. Avtomobil kruiz-nazorat tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, bu tizim haydovchisiz belgilangan tezlikni ushlab turish imkonini beradi. Shuningdek, old o‘rindiqlarning isitish tizimi sovuq ob-havo sharoitida foydalanish qulayligini oshiradi.
Yangilanishlar qatorida sensorli multimedia tizimi ham mavjud bo‘lib, u Android Auto va Apple CarPlay tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu tizim avtomobil egalariga smartfonlarini oson ulash, navigatsiyadan foydalanish, musiqa tinglash hamda qo‘ng‘iroqlarni yo‘lda chalg‘imasdan boshqarish imkonini beradi.
Yangi asboblar paneli va multimedia hamda kruiz-nazorat boshqaruv tugmalariga ega rul haydovchiga qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydi. Bu haydovchining e’tiborini to‘liq avtomobil boshqaruviga qaratish imkonini beradi hamda qo‘shimcha qurilmalar bilan o‘zaro aloqani minimal darajaga tushiradi.
Ushbu o‘zgarishlar avtomobil boshqaruvining ergonomikasi va qulayligini oshirib, har bir safarni yanada qulay va xavfsiz qiladi.
Midnight MCM komplektatsiyasi dizayn va texnologiyaga alohida e’tibor qaratgan holda ishlab chiqilgan. Ushbu avtomobil salonida ekocharmdan tayyorlangan, isitish tizimi bilan jihozlangan va yangi tikuv dizayniga ega o‘rindiqlar o‘rnatilgan. Interyeri qora ranglarda ishlangan: ruldagi qo‘shimcha boshqaruv pultlari, polik qoplamasi, asboblar paneli, konsul box, eshik qoplamalari va audio tizimning dekorativ qismlari yagona rang gammasida bezatilgan. Eksteryerda ham avtomobilning Midnight komplektatsiyasiga xosligini namoyon etuvchi aksentlar – qora rangga bo‘yalgan yon oynalar, qora quyma g‘ildirakli disklar va o‘ziga xos qoraytirilgan faralar mavjud.
Chevrolet Cobalt avtomobilining yangi komlektatsiyalari uchun tavsiya etilgan chakana narxlar:
– Style MCM – 156 100 000 so‘m
– Midnight MCM – 165 200 000 so‘m.
Shu bilan birga, Chevrolet Cobalt avtomobilining mavjud komplektatsiyalari mijozlar uchun avvalgi narxlarda, o‘zgarishsiz tarzda taqdim etiladi:
– Style AT Plus – 147 916 000 so‘m
– Midnight AT – 155 231 000 so‘m.
2025-yil 3-noyabrdan boshlab barcha Chevrolet dilerlik markazlarida mijozlar uchun Chevrolet Cobalt avtomobilining mavjud komplektatsiyalarga qo‘shimcha ravishda yangi Chevrolet Cobalt Style MCM va Cobalt Midnight MCM versiyalari taqdim etiladi.
Batafsil ma’lumotni +998 (78) 141-77-77) telefon raqami yoki https://chevrolet.uz/ saytidan olishingiz mumkin.