Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ Namangandagi Xalqaro avto festivalda ishtirok etdi
16/02/2026 17:13 46 Yangiliklar
“UzAuto Motors” AJ Namangandagi Xalqaro avto festivalda ishtirok etdi

 “UzAuto Motors” AJ 13-14-fevral kunlari Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bog‘ida o‘tkazilgan Xalqaro avto festivalda  ishtirok etdi. 

Tadbir Farg‘ona vodiysidan avtomobil sohasi vakillari, professional hamjamiyat a’zolari hamda avtomobil ishqibozlarini bir maydonda jamladi.

Festival doirasida “UzAuto Motors” AJ Chevrolet brendi ostidagi zamonaviy avtomobil modellari qatorini keng jamoatchilikka taqdim etdi.

Kompaniya ko‘rgazmasi orqali milliy avtomobil sanoatining bugungi salohiyati, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlar namoyish qilindi.

 “UzAuto Motors” AJ avtomobil madaniyatini rivojlantirish, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash hamda avtosport va tyuning yo‘nalishlarini ommalashtirishga qaratilgan tashabbuslarni izchil qo‘llab-quvvatlaydi.