Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ Axborot xavfsizligi bo‘limining 17 yoshli iqtidorli xodimi Azizbek Raxmatullayev 6–8 may kunlari Dubayda bo‘lib o‘tgan Global Cyber Drill 2025 xalqaro turnirida eng yaxshi TOP-10 ishtirokchilar qatoridan oʻrin oldi.
Xalqaro Telekommunikatsiya Ittifoqi (ITU) va BAA Kiberxavfsizlik Kengashi tomonidan tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbirda 110 dan ortiq mamlakatning kiberxavfsizlik mutaxassislari qatnashishdi.
“UzAuto Motors” AJ jamoasi Azizbek Raxmatullayevni ushbu ishtiroki bilan tabriklaydi va professional faoliyatida ulkan yutuq hamda zafarlarga erishishini tilaydi!