Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ xodimlari o‘rtasida spartakiada bo‘lib o‘tdi
2025-05-12 23:43:55 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Bugun “UzAuto Motors” AJ Kasaba uyushmasi tashabbusi va Ma’muriyat bo‘limi hamkorligida Toshkent ofisida faoliyat yurituvchi xodimlar o‘rtasida spartakiada tashkil etildi. 

Tadbirni “UzAuto Motors” AJ Bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Odiljon Bastamkulov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida sportning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rni, jamoa ichidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashdagi ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, musobaqalar yuqori kayfiyatda, do‘stona muhitda o‘tishini tilab, barcha ishtirokchi jamoalarga omad yor bo‘lishini tiladi.

Musobaqalarda ishtirok etgan jamoalar sportning bir nechta yo‘nalishlari bo‘yicha bellashishdi.  

Ishonch bilan aytish mumkinki, ishtirokchilar o‘zlaridagi bor mahorat va irodani qolaversa, g‘alaba sari bo‘lgan shijoatni to‘la namoyish eta olishdi.

Sport turlari bo‘yicha o‘tgan murosasiz va qiziqarli bellashuvlar yakunida g‘olib bo‘lgan jamoalar faxrli o‘rinlarni egallab, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. 

“Bunday tadbirlar xodimlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlab, jamoaning birligini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi” – deya ta’kidlaydi korxona Toshkent ofisi Kasaba uyushmasi vakili Ilzara Imangulova.