Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ xodimlari uchun mijozlar bilan samarali ish yuritish bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda
2024-11-07 00:03:24 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Biznes kommunikatsiyasini samarali yo‘lga qo‘yish va mijozlar bilan muvaffaqiyatli aloqalar o‘rnatish uchun eng muhim omil — xodimlarning malakasini doimiy ravishda oshirib borishdir. Biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun nafaqat mahsulot sifati, balki xodimlarning malakasi va kompaniya ichidagi kommunikatsiya darajasi ham muhim ahamiyatga ega. 

Navbatdagi trening “mijozlar bilan samarali ish yuritish” mavzusida kompaniya boshqaruv tarkibidagi top-menejerlar uchun tashkil etildi. 

Treninglar davomida xodimlar bilan zamonaviy kommunikatsiya metodlari, muloqotda samarali so‘zlashuv va konflikt holatlarni boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. 

Har bir ishtirokchi o‘zining ish faoliyatida duch keladigan kundalik vaziyatlarda qaysi usullarni qo‘llashni o‘rganib, ularni amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

UzAuto Motors” kompaniyasining xodimlar bilan bu kabi  rivojlanish dasturlari xodimlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlab, kompaniyaning bozordagi pozitsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”, – deydi “UzAvto Akademiya” boshqarmasi boshlig‘i  Baxtiyor Uraymov.

Yuqori malakali va samarali jamoa yaratish orqali biznesdagi muvaffaqiyatga erishish mumkin. Shunday ekan, bu treninglar nafaqat individual muvaffaqiyatni, balki kompaniyaning umumiy rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.