Yangiliklar

“UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA
2025-09-09 15:38:13 Yangiliklar
“UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida  XABARNOMA

“UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida

XABARNOMA

Hurmatli aksiyadorlar!

“UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 2-sentabrdagi bayonnomasiga asosan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-yil 29-sentabr kuni 15:00 da o‘tkaziladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarini masofadan turib Internet tarmog‘ida onlayn rejimda o‘tkazishga mo‘ljallangan “Elektron ovoz berish - eVOTE” (http://evote.uz/) elektron ovoz berish servisi orqali o‘tkaziladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reestri 2025-yil 23-sentabr holatiga tuziladi. Ushbu sanada tuzilgan reestrga kiritilgan aksiyadorlar 2025-yil 29-sentabr kungi Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashadilar.

Jamiyatning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 13-uy.

Jamiyatning elektron pochta manzili: info@uzautomotors.com

Kun tartibi:

1. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. 2025-yil uchun Jamiyatning moliyaviy hisobotini audit qilish va 2025-yilning 6 oyi uchun MSFO standartlari bo‘yicha oraliq auditini o‘tkazish yuzasidan auditorlik tashkilotini tanlash.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan materiallar bilan aksiyadorlar Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 13-uy manzilida joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosida 2025-yil 3-sentabr kunidan 2025-yil 29-sentabr kuniga qadar, ish kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha tanishishlari mumkin.

Aksiyadorlar http://evote.uz/ internet saytining elektron ovoz berish servisi orqali yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yhatiga kiritilganligi haqida elektron xabar olgan vaqtdan boshlab Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etuvchi aksiyadorlar sifatida ro‘yhatdan o‘tgan deb hisoblanadi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida elektron ovoz berish servisi orqali ishtirok etish qoidalari (shartlari) bilan http://evote.uz/ saytida tanishib chiqishingizni so‘raymiz.

Telefon: 78 140-55-40 (3-1729 va/yoki 1727#)

Jamiyat Kuzatuv kengashi.