Yangiliklar

Uzauto Motors bilan yangi marralar sari: Shaxmat bo‘yicha milliy terma jamoamizni quvvatlaymiz!
05/07/2025 16:52 33 Yangiliklar
Uzauto Motors bilan yangi marralar sari: Shaxmat bo‘yicha milliy terma jamoamizni quvvatlaymiz!

So‘nggi yillarda mamlakatimiz shaxmat olamida haqiqiy yetakchiga aylandi. Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi guruh g‘alabalari va yosh grossmeysterlarimizning muvaffaqiyatlari buning yaqqol isbotidir. Ana shunday yorqin yulduzlardan biri, xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova 2025-yilda milliy terma jamoaga qaytib, FIDE Jahon Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi hamda nufuzli davlat mukofoti «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi.

Uzauto Motors kompaniyasi milliy sportimiz rivojiga, yoshlarimizning intellektual salohiyatini oshirishga va O‘zbekistonning jahon arenasidagi nufuzini mustahkamlashga qaratilgan bunday tashabbuslarni g‘urur bilan qo‘llab-quvvatlaydi. Biz intellekt va ta’limga kiritilgan investitsiya — mamlakat kelajagiga qo‘yilgan poydevor ekanligiga ishonamiz.

Shu kuzda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Butunjahon shaxmat olimpiadasida Gulruhbegim Tohirjonovaga va O‘zbekiston terma jamoasiga yorqin g‘alabalar tilaymiz!

Uzauto Motors har doim chempionlarimiz bilan birga!