Yangiliklar
“UzAuto Motors” oʻz faxriylarini eʼtirof etdi
UzAuto MotorsJanuary 15, 2024
“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan UzAuto Motors korxonasi rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan Afg‘on urushi qatnashchilari va unga tenglashtirilgan ishchi-xodimlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda UzAuto Motors kompaniyasida uzoq yillar faoliyat ko‘rsatgan hamda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ishchi-xodimlar kompaniya rahbariyati hamda kasaba ushushmasi qo‘mitasi tomonidan taqdirlandi.
Tadbirni korxona ishlab chiqarish direktori kirish soʻz bilan ochib, Afgʻon urushida minglab kishilar ishtirok etgani va ularning jasorati haqida gapirib, yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan urush qatnashchilari har doim eʼtirofda boʻlishini alohida taʼkidlab oʻtdi. “Avvalambor biz, chuqur bilim va intellektual salohiyatga, oʻz burchini bajarish yoʻlida qatʼiy iroda va tayyorgarlikka ega boʻlgan, vatanga sadoqatli, fidoyi insonlarni koʻramiz hamda ular bilan haqli ravishda faxrlanamiz” deya eʼtirof etadi kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Oʻktam Mirzayev.
Tadbirni korxona ishlab chiqarish direktori kirish so‘z bilan ochib, afg‘on urushida minglab kishilar ishtirok etgani va ularning jasorati haqida gapirib, yurt tinchligi yo‘lida xizmat qilgan urush qatnashchilari har doim e`tirofda bo‘lishini alohida ta`kidlab o‘tdi.
“Avvalambor biz, chuqur bilim va intellektual salohiyatga, oʻz burchini bajarish yoʻlida qatʼiy iroda va tayyorgarlikka ega boʻlgan, vatanga sadoqatli, fidoyi insonlarni koʻramiz hamda ular bilan haqli ravishda faxrlanamiz” deya e'tirof etadi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi O‘ktam Mirzayev.
Bayramona tadbirda ishtirok etgan korxona faxriy xodimi, Oʻzbekiston Qahramoni Qosimov Hasanboy Hotamovich ham soʻzga chiqib, tаdbir qatnashchilarini bayram bilan tabrikladi.
Tadbir davomida Afgʻon urushi qatnashchisi Botirov Abdurashid urush davridagi xotiralari, kechinmalari bilan oʻrtoqlashdi. Bu xotiralar yigʻilganlarda chuqur taassurot qoldirdi. Shuningdek, urushdan koʻplab oilalar aziyat chekkani, koʻplab mard yigitlar kurashlarda vafot etgani yodga olinib, ularning jasorati eslandi. Tinchlikning qadriga yetish, urushning oʻnglanmas talofatlari haqidagi mulohazalar tinglandi.
Tadbir soʻnggida Afgʻon urushi qatnashchilari boʻlgan va unga tenglashtirilgan ishchi-xodimlarga kasaba uyushmasi qoʻmitasining qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shundan soʻng Afgʻon urushi qatnashchilarining uchrashuvi bayramona dasturxon atrofida davom etdi. Koʻtarinki ruhda oʻtgan tadbir yakunida qatnashchilar bayram tashkilotchilariga chuqur minnatdorchilik bildirishdi.