Yangiliklar

UzAuto Motors'da menejerlarning ishbilarmonlik intellektini namoyon etuvchi trening o‘tkazildi
2024-02-22 13:33:25 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

UzAuto Motors'da menejerlarning ishbilarmonlik intellektini namoyon etuvchi trening o‘tkazildi

February 22, 2024

UzAuto Motors kompaniyasi avtozavod menejer xodimlari uchun xalqaro toifadagi mentor ishtirokida trening tashkil qilindi.

UzAuto Motors'da menejerlarning ishbilarmonlik intellektini namoyon etuvchi trening o‘tkazildi

10-11-fevral kunlari nostandart ijodiy fikrlashga undaydigan, hamkasblar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmat hissini shakllantiruvchi motivatsion treninglar o‘tkazish serifikatiga ega “NR consulting” kompaniyasi direktori Nasiba Rozmetova ishtirokida “Stratigik fikrlash va jamoa bo‘lib ishlash” mavzusida trening o‘tkazildi.

Ikki kunlik trening “Xonobod dam olish va davolanish sihatgohi”da 50 nafarga yaqin menejerlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashchilar menejment resurslaridan unumli foydalanishni, xodimlarni birlashtirish qobiliyatini, shuningdek ularni umumiy maqsadlarga erishishga jalb qilish ko‘nikmalarini turli interfaol o‘yinlar orqali shakllantirishdi.

UzAuto Motors'da menejerlarning ishbilarmonlik intellektini namoyon etuvchi trening o‘tkazildi

Trening-mashg‘ulotlari rahbarlar va xodimlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklarni oldini olish uchun turli xil vositalarni o‘zlashtirishga qaratilgan kreativ keyslarni qamrab olgan. Shuningdek, treningda ular rahbar va yetakchining boshqarish xususiyatlari haqida gaplashdilar.

UzAuto Motors'da menejerlarning ishbilarmonlik intellektini namoyon etuvchi trening o‘tkazildi

– Tashkillashtirilayotgan bu kabi treninglar kompaniya bosh mutaxassislari, uning xodimlari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Trening kompaniya va uning xodimlari uchun yangicha qarash, kreativ va pozitiv yondashuv bilan ishlashga imkon bermoqda. Tinglovchilarning mazkur mashg‘ulotlardan o‘rgangan barcha narsalari kundalik ish davomida o‘rgatish, nazarimda imkonsiz. – deydi “UzAuto Motors” AJ “Texnik rivojlantirish” direksiyasi direktori Saidbek Mamadaliyev.

Xalqaro toifadagi mentor Nasiba Rozmetova mashg‘ulot ishtirokchilariga stressli jarayonlarni tezda bartaraf etishni, shuningdek o‘z maqsadlariga erishish uchun energiya va shijoatdan oqilona foydalanishni aniq misollar bilan ko‘rsatib berdi.

UzAuto Motors'da menejerlarning ishbilarmonlik intellektini namoyon etuvchi trening o‘tkazildi

Trening davomida ishtirokchilar strategik fikrlashini yanada yaxshilash, rejalashtirish, jamoaviy ishlash, do‘stona muloqot, birgalikda kommunikativ aloqalarni o‘rnatish hamda maqsadlarni birlashtirish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. 

Kompaniya xodimlar uchun bu kabi turli treninglarni, shu jumladan, xorijiy tajribaga ega mutaxassislarni jalb qilgan holda davomli tarzda tashkil etib borishni maqsad qilgan.

UzAuto Motors'da menejerlarning ishbilarmonlik intellektini namoyon etuvchi trening o‘tkazildi