Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashining vakolati yakunlangan a’zolariga minnatdorlik bildiradi
18/11/2026 04:22 40 Yangiliklar
“UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashining vakolati yakunlangan a’zolariga minnatdorlik bildiradi

“UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashi tarkibi yangilangani munosabati bilan kengashning avvalgi a’zolariga samarali hamkorlik va jamiyat rivojiga qo‘shgan hissalari uchun samimiy minnatdorlik bildiradi.

Kuzatuv kengashi a’zolari o‘z vakolatlari davomida jamiyatning strategik yo‘nalishlarini belgilash, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va muhim tashabbuslarni ko‘rib chiqishda faol ishtirok etishdi. Ularning tajribasi, professional yondashuvi va mas’uliyatli mehnati jamiyatning izchil rivojlanishiga xizmat qildi.

“UzAuto Motors” AJ jamoasi Kuzatuv kengashining avvalgi a’zolariga birgalikdagi faoliyat davomida ko‘rsatgan ko‘magi uchun tashakkur bildiradi hamda ularga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilaydi.