Yangiliklar
Bundan roppa-rosa 31 yil muqaddam, 1991-yil 18-noyabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oʻtkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.
Ushbu kun munosabati bilan "UzAuto Motors" AJ Xorazm viloyati filialida "Muqaddasdir Vatan bayrog'i" shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida yig'ilganlarning barchasi O'zbekiston Davlat madhiyasini jo'r bo'lib kuylashdi. Shundan so’ng bayram tadbirini filial boshqaruvchi direktori Sabir Jumaniyazov bayramona kirish so’zi bilan ochib berdi va barcha ishchi-xodimlarni davlat ramzi – Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan tabrikladi.
Tadbir davomida so’zga chiqqanlar tomonidan mamlakat taraqqiyoti va uning barqarorligida davlat ramzlarining alohida o’rni bor ekanligi, xususan davlat bayrog’i, jamiyat hayoti, mamlakatning jahon hamjamiyatidagi o’rni va ahamiyatini ko’rsatishda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, bayroq qabul qilinganligining 31 yilligiga bag’ishlab “Muqaddasdir davlat bayrog’i” mavzusida ishchi xodimlar o’rtasida o’tkazilgan viktorina g'oliblari va faol ishtirokchilariga diplom hamda estalik sovg'alar topshirildi. Tadbir so’nggida ishchi xodimlarga bayroq haqida tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.