Yangiliklar

Avtomobil egalari diqqatiga!
2023-07-14 02:27:22 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

UzAuto Motors kompaniyasi so’nggi paytlarda o’z mahsulotlarining “obzor”lari bilan to’qnashmoqda. Ularning aksariyati, asosan, Chevrolet Onix va Tracker avtomobillariga tegishli bo’lib, avtoservislar tomonidan tayyorlangan.

Ushbu modellar yangiligi tufayli aholiga katta qiziqish uyg’otishini tushungan holda, ular haqidagi “obzorlar”da, ehtiyot qismlar va zaruriy detallarning yo’qligi haqidagi shikoyatlar bilan bog’liq mavzu muhokama qilinadi, faqatgina ularning avtoservislarida ehtiyot qismlarni topish va avtomobilni ta’mirlash bilan bog'liq muammolarni hal qilish mumkinligi keltiriladi. Shu bilan birga, eng muhim jihat Chevrolet Onix va Tracker modellarining aksariyati hali ham ishlab chiqaruvchining kafolat muddatida ekanligi e’tibordan chetda qoladi.

Shu munosabat bilan, UzAuto Motors kompaniyasi barcha yangi avtomobillar ishlab chiqaruvchi tomonidan kafolatga ega ekanligi va faqat vakolatli servis markazlarida xizmat ko’rsatish kerakligini eslatadi.

UzAuto Motors tomonidan avtorizatsiya qilingan servis xizmat ko’rsatish markazlarida to’g’ri va xavfsiz xizmat ko’rsatish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo’lib, kerakli detallar, sarf materiallari va jihozlar hamda malakali xodimlarga ega.

Shuningdek, avtomobilga sertifikatlanmagan servis markazlarida texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash haqli ravishda avtomobilga ishlab chiqaruvchi tomonidan beriladigan kafolatni yo’qotib, qo’shimcha xarajatlarga olib kelishi mumkinligini eslatib o’tamiz.

Hurmatli avtomobil egalari, yangi avtomobilingizni norasmiy xizmat ko’rsatish markazlari ishonmang. Ishonchingiz komil bo’lsin, rasmiy markazlar sizga bozordan emas, balki ishlab chiqaruvchi tomonidan original ehtiyot qismlar o’rnatilishini kafolatlaydi. 

Rasmiy servis xizmat ko'rsatish markazlari.